IQLIM O‘ZGARISHI ALLAQACHON HAYOTIMIZGA TA’SIR QILMOQDA.

March 2, 2026

O‘tgan yozda kuchli shamol va chang bo‘roni tumanimizga katta zarar yetkazdi. Havo juda chang bo‘lib ketdi, bog‘imizdagi gullar va ekinlar so‘lib qoldi. Daraxtlar sinmadi, lekin barglari to‘kilib, ko‘rinishi o‘zgardi. Bog‘da mevali daraxtlar ko‘p edi, lekin bo‘ron ularning hosiliga zarar yetkazdi. Ayniqsa, biz pomidor va bodring ekkan maydonlar qattiq zarar ko‘rdi – u yerda ko‘plab o‘simliklar nobud bo‘ldi. Bularning barchasini ko‘rib juda xafa bo‘ldim va tabiatga bo‘lgan munosabatimizni o‘zgartirishimiz kerakligini tushundim. Iqlim o‘zgarishlari allaqachon hayotimizga ta’sir qilmoqda va har birimiz o‘z mas’uliyatimizni anglashimiz kerak. Har kim atrof-muhitni muhofaza qilishga o‘z hissasini qo‘shsa, kelajakda bunday ofatlarning oldini olishimiz mumkin.

Rasm Abdulloh Bekmirzayev, 7
Buvayda, O‘zbekiston
Matn Kumushoy Sultonboyeva, 10
Toshkent, O‘zbekiston
IQLIM O‘ZGARISHI ALLAQACHON HAYOTIMIZGA TA’SIR QILMOQDA.