Tabiiy ofatlar insonning tabiat bilan aloqasi qanchalik zaif ekanini eslatib turadi. Markaziy Osiyo tog‘laridagi muzliklarning erishi bizni suvsiz qoldirmoqda, to‘fonlar esa butun qishloqlarni yo‘q qilib yubormoqda. Biroq tabiat qasos olayaptimi? Yo‘q. U shunchaki bizning befarqligimizni aks ettirmoqda, xolos.