FARZANDIMGA NIMANI KO‘RSATAMAN?

March 3, 2026

14 yoshli o‘smirni tabiat muammolari tashvishga solayotganiga hayron bo‘lsangiz kerak, lekin tengdoshlarim orasida bunday yoshlar tobora kamayib borayotganini ko‘rishdan qo‘rqaman. Axir biz kelajakmiz-ku, ammo yashaydigan yerimiz haqida qayg‘urmayapmiz.

Do‘stlarimdan global isish haqida nima fikrda ekanliklarini so‘radim. Kimdir olimlar hamma narsani hal qiladi, deydi. Kimdir biz Yerni tark etib, Marsga uchib ketamiz, deb o‘ylaydi.

Axir ota-onamiz bizni yashil dalalar, moviy osmon, tiniq suvdan zavqlanishimizni orzu qilishgan edi-ku. Men bularni o‘z farzandimga ko‘rsatishni istayman. Lekin farzandim hafsalasi pir bo‘lishidan qo‘rqaman. Keling, bu dunyoni asrab qolaylik.

Rasm Saltanat Saparbayeva, 12
Xo‘jayli, Qoraqalpog‘iston/O‘zbekiston
Matn Amantur Usonov, 14
O‘sh, Qirg‘iziston
FARZANDIMGA NIMANI KO‘RSATAMAN?