Ikki yil oldin buvim bilan dasturxon atrofida o‘tirib, hayot haqida suhbatlashganimiz aniq esimda. Shunda u: “Faqat o‘limni tuzatib bo‘lmaydi…” degan edi. O‘shanda, buvim hayotning kuchi va cheksiz imkoniyatlarini naqadar aniq ifodalagani haqida o‘ylagandim.
Bu so‘zlar xotiramga chuqur o‘rnashib qoldi va men ularni hamon qiyin damlarimda eslayman. Ular menga tirik ekanman, qo‘rqmasligim kerakligini eslatadi. Xatolar, iztiroblar, mag‘lubiyatlar – barchasi o‘tkinchi. Nafas olayotgan ekanmiz, bizda ikkinchi imkoniyat, vaziyatni qayta baholash va o‘zgartirish imkoni bor.
Ajdodlarimiz buni bizdan ko‘ra yaxshiroq anglashgan. Ularning hayoti oson bo‘lmagan, ammo ishonishga, oyoqqa turishga, yangidan boshlashga kuch topa olishgan.
Shuning uchun men kelajak avlodlarga aytmoqchiman: jasur bo‘lib, oldinga intiling. Tirik ekansiz, hamma narsani o‘zgartirishingiz mumkin. Hayot bebaho.