TABIAT BILAN HAMOHANG

February 27, 2026

Tabiat sodiq do‘stdek, doimo yoningizda: uning iliq quyoshi, shamolning shivirlashi va daryoning mayin shovqini o’zingizni osoyishta va baxtli his qilishingizga sabab bo’ladi. Atrofimizdagi dunyo haddan tashqari shovqinli va shoshqin tuyulgan paytlarda, tabiat tichlanishimizga ko‘maklashadi. Ko‘l bo‘yida turganda yoki o‘rmonda sayr qilganda, birdaniga atrofdagi olam bilan uyg‘unlikda bo‘lishning naqadar muhimligini anglab yetasiz. Tabiat evaziga hech narsa talab qilmaydi, u shunchaki o’zida borini bizga beradi.

Rasm Aynazik Muxtorov, 11
Bishkek, Qirg‘iziston
Matn Begimay Mamirekova, 15
O‘sh, Qirg‘iziston
TABIAT BILAN HAMOHANG