YO‘QOLIB BORAYOTGAN MUZLIKLAR

March 3, 2026

Asrlar davomida daryolar va ko‘llarni to‘ydirib kelgan muzliklarimizning shiddat bilan yo‘q bo‘lib borayotganini ko‘rish yuragimni o‘rtaydi. Qadimdan yurtimiz ramzi bo‘lib kelgan tog‘lar bugun go‘yo madad so‘rab faryod qilayotgandek.

Yildan-yilga yoz fasli tobora issiqroq bo‘lib, yomg‘ir kamayib bormoqda, qishda esa deyarli qor yog‘mayapti. Bu holat, ayniqsa, qishloqlarda yaqqol sezilmoqda: hosillar kamayib, odamlar oziq-ovqat yetishtirishda tobora ko‘proq qiyinchiliklarga duch kelmoqda. Vaholanki, ko‘pchilik uchun bu kun ko’rishning yagona yo‘li.

Ba’zan bu falokatni hech kim payqamayotgandek tuyuladi. Odamlar axlat tashlashda, daraxtlarni kesishda, haddan tashqari ko‘p suv sarflashda davom etmoqda. Axir bularning barchasi bizning uyimiz-ku! Qirg‘iziston shunchaki xaritadagi joy emas, balki biz kelajak avlodlarga qoldiradigan merosdir.

Surat Aleksandr Burnashov, 14
Dushanbe, Tojikiston
Matn Mastura Abdiraimova, 15
O‘sh, Qirg‘iziston
YO‘QOLIB BORAYOTGAN MUZLIKLAR