QUTQARISH MUMKIN

March 2, 2026

Men sayyoraga tushib qoldim. Havo og‘ir edi. Atrof qorong’i, olisda esa hamma narsa yanada rangsiz ko‘rinardi. Bu sayyorani kezarkanman, o‘zimning – yashil sayyorani tobora ko‘proq sog‘inardim. Charchagan yerdan yurib borarkanman, bir vaqtlar sayr qilishni yaxshi ko‘rgan joylarimni, bir vaqtlar meni quvontirgan o‘rmonlar va yalangliklarni endi ko‘rmasdim. Hammasi o‘z vaqtida tartibga keltirilmagan bir bochka benzin bilan boshlanganga o‘xshaydi. Jahlim chiqdi, chunki hamma narsani qutqarish mumkin edi. Biz hammamiz toza sayyorada yashashimiz mumkin edi, lekin har birimiz buning menga aloqasi yo‘q deb o‘ylardik. Asta-sekin g‘azabimni bosib, men… Uyg‘ondim. Uyg‘ondim va tushundim – hamma narsani hali ham qutqarish mumkin.

Rasm Qobiljon Barzuyev, 14
Nukus, Qoraqalpog‘iston/O‘zbekiston
Matn Sati Sodiqova, 15
Ostona, Qozog‘iston
QUTQARISH MUMKIN