YAXSHI IZ QOLDIRING

February 26, 2026

Bizning Aqmola viloyatimizda Borovoye deb nomlangan ajoyib bir joy bor. Uni Qozog‘istonning gavhari deb atashadi. Men u yerga oilam bilan borishni, baland qarag‘aylar orasida sayr qilishni, qushlarning sayrashini tinglashni va ko‘lning tiniq suvida qoyalarning aksini tomosha qilishni yoqtiraman.

Biroq sayyohlardan so‘ng  qanchalik ko’p axlat qolayotganini ko‘rganimda ko‘nglim xira bo‘ladi. Plastik idishlar, paketlar va boshqa chiqindilar suvga tushib, tabiatimizga, Jumbaqtasga va u yerda yashovchi jonivorlarga zarar yetkazadi. Baliqlar va qushlar aziyat chekishi mumkin, ko‘lning go‘zalligi esa so‘nadi.

Odamlar o‘lkamizga ko‘proq e’tibor berishlarini va o‘zlaridan keyin axlat emas, balki faqat yoqimli xotiralar qoldirishlarini juda istayman. Keling, birgalikda tabiatni asraylik, toki ko‘p yillardan keyin ham Borovoye o‘sha-o‘sha sehrli va toza holatda qolaversin!

Rasm va matn Milana Imandinova, 11
Ko‘kshetau, Qozog‘iston
YAXSHI IZ QOLDIRING