MUQADDAS

March 3, 2026

Qirg‘iz xalqi asrlar davomida tabiat bilan hamnafas yashab, unga chuqur ehtirom ko‘rsatib kelgan. Tog‘lar, daryolar, o‘rmonlar shunchaki manzara emas, balki muqaddas, hayotning ajralmas qismi hisoblangan. “Ko‘jojash” dostoni ana shu muvozanatni buzishning oqibatlaridan ogohlantiradi. Qojojash mohir ovchi bo‘lib, barcha tog‘ echkilarini qirib, o‘z kuchini isbotlamoqchi edi. Ammo tabiat ochko‘zlikni kechirmaydi. Bo‘ron ko‘tarilib, uning boshiga fojiali qismat tushdi. Bu rivoyatda azaliy haqiqat bor: kimki tabiatdan o‘z manfaati yo‘lida keragidan ortiqcha foydalansa, ertami-kechmi jazosini tortadi.

Rasm Botir Sultonov, 16
Ashxobod, Turkmaniston
Matn Cho‘lpon Niyozbekova, 20
Bishkek, Qirg‘iziston
MUQADDAS