Kun sayin, yillar sayin
Umrim o‘tib bormoqda.
Tong otishin qirlarda
Kutishlar yo’qolmoqda.
Qumga botgan daryolar
O‘ynoqi emas endi.
Faqat ba’zan qamishlar
Sekin tebranar bo’ldi.
Elning sahro, cho‘lida
Jayronlar yugurmaydi.
Yo‘l bo‘yida sug‘ur ham,
Uzoqlarga boqmaydi.
Kaspiy va Orol ba’zan
Dengizga ma’yus boqar.
Baykal orzu qilmagan
Suv bizga qachon oqar?
Unutildi qachonlar,
Tabiat degan ona.
Qozog‘iston xalqi hech ham,
Yashamasdi betonda.
Jon-dili, qalbi bilan,
Qir-adirda bo’lardi.
Tabiatni avaylab,
Kengliklarda yashardi.