MARKAZIY OSIYODA TA’LIMNI IQLIMIY HARAKATLARGA AYLANTIRAMIZ

March 5, 2026

UNESKOning Olmaotadagi mintaqaviy vakolatxonasi sa’y-harakatlarining asosida ta’lim shunchaki bilim uzatish emas, balki haqiqiy o‘zgarishlar uchun vosita ekanligi haqidagi ishonch yotadi. Iqlim o‘zgarishi ta’limi (IO‘T) o‘quvchilarga iqlim inqirozining mohiyatini tushunish va unga javob berishni o‘rgatadi, ularda tanqidiy fikrlash, qadriyatlar va o‘z jamoalarida o‘zgarish vositachilari bo‘lish uchun zarur bo‘lgan ko‘nikmalarni shakllantiradi.

UNESKOning Olmaotadagi mintaqaviy vakolatxonasi CAPS Unlock (Olmaota) va Makgill universiteti (Kanada) bilan hamkorlikda tayyorlagan “Markaziy Osiyo mamlakatlarida iqlim ta’limining holati” dasturiy hujjatida shoshilinch choralar ko‘rishga chaqiriq mavjud: iqlim tahdidlari kuchayib borayotganiga qaramay, Markaziy Osiyo mamlakatlarida IO‘T milliy strategiyalar, byudjetlar va maktab dasturlarida hamon yetarlicha ustuvor ahamiyatga ega emas. Mintaqaga allaqachon ta’sir ko‘rsatayotgan ekstremal ob-havo hodisalari, suv taqchilligi va muzliklarning erishi sharoitida iqlim ta’limi nafaqat dolzarb, balki hayotiy zaruriyatga aylanmoqda.

UNESKO Ta’limni ekologiyalashtirish sherikchiligi kabi tashabbuslar orqali hukumatlar, yoshlar, pedagoglar va nodavlat tashkilotlar bilan hamkorlikda maktablarni yanada ekologik toza qilish, iqlim masalalarini o‘quv dasturlariga kiritish va o‘qituvchilarning salohiyatini oshirish ustida ishlamoqda. UNESKOning Olmotadagi mintaqaviy vakolatxonasi ushbu g‘oyani Markaziy Osiyoning barqaror kelajagi yo‘lida hamkorlikni mustahkamlash, siyosatni o‘zgartirish jarayonini qo‘llab-quvvatlash va yoshlarning ovozini kuchaytirish orqali hayotga tatbiq etmoqda.

Rasm Temirlan Taybasar, 20
Kokshetau, Qozog‘iston
MARKAZIY OSIYODA TA’LIMNI IQLIMIY HARAKATLARGA AYLANTIRAMIZ